MAMLAKTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQ VA BOJXONA TO‘LOVLARINING AHAMIYATI

Authors

  • B.Kattakishiyev Jizzax politexnika instituti dotsenti
  • U.Azamatov Jizzax politexnika instituti, Kibersport fakulteti 532-22 guruh talabasi

Abstract

Soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda  faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel  va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.

References

1. Vahobov A.V, Jo’raev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. T.: Sharq, 2009. 68- bet.

2. E.Gadoev Foyda solig’i – Toshkent “Norma” nashriyoti 2011 y. 228 bet

3. E.Gadoev Bilvosita soliqlar – Toshkent “Norma” nashriyoti 2010 yil. 160 bet

4. Malikov T. S “Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari” Akademiya T.,2002 – Toshkent. 68-89 betlar.

5. O‘rmonov J. Xorijiy mamlakatlar soliq tizimi. –T.: Dizain print. 2007. – 202 b.

Downloads

Published

2024-10-07

How to Cite

MAMLAKTNI RIVOJLANTIRISHDA SOLIQ VA BOJXONA TO‘LOVLARINING AHAMIYATI. (2024). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(6), 46-49. https://universalconference.us/universalconference/index.php/pssir/article/view/2550