TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINING DAROMADLILIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Keywords:
tijorat banklari, aktivlar daromadliligi, kredit portfeli, diversifikatsiya, moliyaviy barqarorlik, inflyatsiya, qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsion kreditlar, risklarni boshqarish, foiz daromadi.Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklari aktivlarining daromadliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Xususan, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasi, investitsion muhit, qimmatli qog‘ozlar bozori rivoji, kredit siyosati va kredit portfelining diversifikatsiya darajasi banklar daromadliligini belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Prezidentning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning banklarning moliyaviy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklari aktivlaridan olinadigan daromadlilikni oshirish uchun kredit portfelini optimal boshqarish, risklarni kamaytirish va aktivlar tarkibini diversifikatsiya qilish zarur degan xulosaga kelindi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”, 2016-yil 13-aprel, № O‘RQ-404.
2.“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”, http://www.lex.uz
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ‘‘Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni



