XITOY VA ÒZBEKISTON MUNOSABATLARI
Keywords:
Oʻzbekiston va Xitoy, Prezident Sh.Mirziyoyev, Yevroosiyo, Markaziy Osiyo, Chjan Syan, Samarqand, HamkorlikAbstract
Oʻzbekiston va Xitoy hukumati, vazirlik va idoralari, qolaversa, tadqiqodchi olimlar oʻrtasida hamkorlik aloqalari keng yoʻlga qoʻyilgan. Xitoylik olimlar Oʻzbekistonning zamonaviy siyosatini va iqtisodiy taraqqiyotini oʻrganishga katta eʼtibor qaratmoqda. Ayniqsa, Prezident Sh.Mirziyoyevning siyosiy faoliyatiga va olib borayotgan islohotlariga katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Masalan, 2019-yil dekabr oyida Xitoy xalqaro muammolar akademiyasida “Prezident Shavkat Mirziyoyev — Oʻzbekistondagi islohotlar davrining meʼmori” nomli kitobi chop etilgan. Asarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonning zamonaviy rivojlanishi va kelajagi yuzasidan strategik qarashlari, davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyo mintaqasi, SHHT va Yevroosiyo hududida xavfsizlik va taraqqiyot taʼminlanishida tutayotgan faol oʻrni oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston taraqqiyotining oʻsuvchanligi, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida tarixan qisqa davrda amalga oshirilgan izchil oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlar xitoylik kitobxonlarning eʼtiboriga havola qilindi.
References
Мамараджабов, Б. (2023). САУДИЯ АРАБИСТОНИДАГИ ЎЗБЕК МУҲОЖИРЛАРИ ТАРИХИ: МУВАФФАҚИЯТЛИ АССИМИЛЯЦИЯ ВА ЙЎҚОТИЛГАН МИЛЛИЙ ИДЕНТИКЛИК. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/6)
Mamarajabov, B. N. M. O. G. (2023). MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG’LIQ IJTIMOIY QATLAMLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 1048-1052.
Mamarajabov, B. N. M. O. G. (2022). ARABISTON YARIM OROLIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 118-121.