INVESTITSIYA LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH MEXANIZMLARI

Authors

  • Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi

Keywords:

kapital qo‘yilmalar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy samara, me’yoriy koeffitsient, investitsion qarorlar, ishlab chiqarish samarasi, nisbiy samaradorlik, ishlab chiqarish xarajatlari, resurslardan samarali foydalanish.

Abstract

Mazkur maqolada kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samaradorligini baholashning nazariy asoslari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rinishlari hamda baholash mezonlari yoritib berilgan. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va mehnat unumdorligini oshirish orqali namoyon bo‘lsa, ijtimoiy samaradorlik aholining turmush sifati, ta’lim darajasi va sog‘liqni saqlash sohasidagi yaxshilanishlarda aks etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada kapital qo‘yilmalarni baholashda qo‘llaniladigan umumiy (absolyut) va nisbiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, ularning amaliy ahamiyati hamda me’yoriy qiymatlari tahlil qilingan. Shuningdek, investitsiyalar samaradorligini oshirish uchun tejamkor variantlarni tanlash, texnik modernizatsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini yangilash zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari investitsion qarorlar qabul qilishda ilmiy yondashuvning ahamiyatini ochib beradi hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida investitsiyalarni oqilona rejalashtirishning muhimligini ta’kidlaydi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni, 2022 yil 28 yanvar.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 24.12.1998 y.

4. Vahobov A.V., G'ozibekov D.G. "Investitsiyalarni moliyalashtirish". Darslik. -T.: "Moliya", 2023. - 356 b.

5. Vaxabov A.V., Xojibakiyev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.; i.f.d., professor A.V. Vaxabovning umumiy tahriri ostida. – T.: “Moliya”, 2010. – 328-b.

Downloads

Published

2025-11-06

How to Cite

INVESTITSIYA LOYIHALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH MEXANIZMLARI. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE, 2(11), 121-123. https://universalconference.us/universalconference/index.php/icms/article/view/5733