ODAM ANATOMIYASI DARSLARIDA INTERAKTIV TA’LIM VA MULTIMEDIA VOSITALARI ORQALI O‘QUVCHILARNING BILIM VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.
Keywords:
odam anatomiyasi, multimedia texnologiyalari, vizual ta’lim, interaktiv o‘qitish, pedagogik innovatsiya, raqamli ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada odam anatomiyasi fanini o‘qitishda vizual multimedia texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonining sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, inson organizmining murakkab anatomik tuzilishini tushuntirishda vizual ko‘rgazmali vositalardan foydalanish talabalar uchun katta qulaylik yaratadi. Tadqiqot davomida anatomiyani o‘qitishda 3D modellar, animatsiyalar, videodarslar va interaktiv taqdimotlardan foydalanishning talabalarning bilim darajasi hamda o‘quv motivatsiyasiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar multimediya texnologiyalaridan foydalanish talabalar bilimini mustahkamlash, murakkab anatomik jarayonlarni tushunishni osonlashtirish va ta’lim jarayonini interaktiv tashkil etishga yordam berishini ko‘rsatdi.
References
1. Tolipov O., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2019.
2. Azimov Y. Biologiyani o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2020.
3. Abdullayeva N. Biologiya ta’limida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2021.
4. Ergasheva G.S. Biologiyada axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (o‘quv qo‘llanma) Toshkent-2011 (Bakalavriat).
5. Hayitov A. E., Aslanova X. G. USE OF STUDENTS'LOGICAL THINKING ELEMENTS IN TEACHING ZOOLOGY IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 166-169.
6. Hayitov A. BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHISINING AMALIY MASHG'ULOTLARNI LOYIHALASHTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI //Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari: muammolar va yechimlar. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 805-807.
7. Hayitov A. Xorijiy davlatlarda biologiya o ‘qituvchilarini tayyorlash tajribasi va uni O ‘zbekiston sharoitida qo ‘llash imkoniyatlari //MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI. – 2025. – Т. 3. – №. 8.
8.Hayitov A. E., Umirzaqova G. E. BIOLOGIYA DARSLARIDA LABORATORIYA MASHG ‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI //Экономика и социум. – 2025. – №. 7-2 (134). – С. 114-120.
9.Hayitov A. E., Ibragimov H. R., Saidabdullayev A. M. BOTANIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI //Экономика и социум. – 2024. – №. 6-2 (121). – С. 228-231.



