RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Authors

  • Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi

Keywords:

inklyuziv sug‘urta, moliyaviy inklyuziya, kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoya, raqamli texnologiyalar, moliyaviy savodxonlik, rivojlanayotgan mamlakatlar, sug‘urta bozori, barqaror rivojlanish, iqtisodiy xavfsizlik.

Abstract

So‘nggi yillarda pandemiya, inflyatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kabi global muammolar sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Shu sharoitda inklyuziv sug‘urta konsepsiyasi moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi himoya vositasi sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv sug‘urtaning mohiyati, rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotidagi o‘rni va O‘zbekiston iqtisodiy tizimida uni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida inklyuziv sug‘urtaning ijtimoiy ahamiyati, past daromadli aholi qatlamlarini moliyaviy tizimga jalb etishdagi roli hamda u orqali kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan.

Geneva Assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar – mahsulotlarning mavjudligi, kirishuvchanligi, arzonligi va xabardorlik darajasi – tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, moslashuvchan to‘lov tizimlarini yaratish, davlat tomonidan soliq imtiyozlari va subsidiyalarni kengaytirish, hamda mahalliy hamkorlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar inklyuziv sug‘urtaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida belgilangan.

Natijada, maqolada O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta tizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda global iqtisodiy tizimga integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar keltirilgan.

References

1. Inclusive Insurance and Risk Financing in Uzbekistan: Snapshot and Way Forward 2022.

2. INCLUSIVE INSURANCE IN ADVANCED ECONOMIES: Alleviating strains on society report. 2024 y November.

3. https://stat.uz O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

4. www.imv.uz- Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5. • Asian Development Bank. Financial Inclusion and Insurance in Asia and the Pacific. Manila, 2021.

6. • Хасанова Б.А. Бошқарув ҳисоби тизимида инновацион ёндашувлар ва уларнинг самарадорлигини ошириш. — Тошкент: “Иқтисод ва молия”, 2020.

7. • Abduganiyev A.A. Moliya tizimida inklyuziv sug‘urtaning o‘rni va rivojlanish istiqbollari. — Tashkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2023.

8. • OECD. Global Financial Literacy Survey 2022: Bridging the Insurance Gap. Paris, OECD Publishing, 2023.

9. • World Bank. Insurance for Development: Strengthening Financial Inclusion through Risk Protection. Washington, DC, 2021.

10. • BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP). O‘zbekistonda ijtimoiy himoya va moliyaviy inklyuziya tahlili. — Toshkent, 2022.

Downloads

Published

2025-11-06

How to Cite

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI. (2025). INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS, 2(10), 32-37. https://universalconference.us/universalconference/index.php/icmdpl/article/view/5745