EVIEWS AMALIY DASTURIDA SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTINI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMIL KO‘RSATKICHLARNI PROGNOZLASHTIRISH.
Keywords:
EViews dasturi, ekonometrik modellashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsuloti, investitsiyalar, bandlik, ekin maydoni, trend tahlili, prognozlash, Surxondaryo viloyati.Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini prognozlash maqsadida EViews amaliy dasturi yordamida ko‘p omilli ekonometrik tahlil amalga oshirildi. Tadqiqotda 2010–2021-yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida hududiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining (Q) investitsiyalar hajmi (K), qishloq xo‘jaligida bandlar soni (L) va ekin maydoni (S) bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Ma’lumotlar logarifmik shaklga keltirilib, chiziqli logarifmik model asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, investitsiyalar hajmi va bandlik darajasi ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ekin maydoni ko‘rsatkichi salbiy ta’sirga ega ekanligi aniqlandi. Modelning R² = 0,9957, F-statistik = 620,37 va Durbin–Watson = 2,05 qiymatlari uning yuqori aniqlik va adekvatlik darajasini tasdiqlaydi. EViews dasturida aniqlangan trend modellari asosida 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilib, qishloq xo‘jaligida investitsiyalar hajmining o‘sishi, bandlikning ortishi va ekin maydonlarining qisqarishi prognoz qilindi. Tadqiqot natijalari viloyat agrar sektorining istiqboldagi rivojlanishini bashoratlash va resurslardan oqilona foydalanishda amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Ismoilov Azizbek Otakhonovich “Django va HPC: iqtisodiy modellarni yuqori quvvatli kompyuter tarmoqlarida ishga tushirish ” https://uzhpc.uz/publications/ismailov-hpc-django-2021
2. Alimov R.X., Almuradov A.A., Xomidov S.O. Ekonometrik modellashtirish. O`quv qo`llanma. – T.: IQTISODIYOT, 2019. – 122 b.
3. X.S.Muhiddinov,O.Q.Xatamov,A.N.Rahimov. Ekonometrika asoslari. O`quv qo`llanma. Qarshi: Intelektl nashriyoti 2021.-2875
4. X.S.Muhiddinov,O.Q.Xatamov,A.N.Rahimov. Ekonometrika asoslari. O`quv qo`llanma. Qarshi: Intelektl nashriyoti 2021.-2875



