TILNING LUG‘AT BOYLIGINING SISTEMA SIFATIDA TADQIQ QILINISHI
Keywords:
So‘z tilining eng muhim nominativ birliklaridir, chunki u borliqdagi narsa-buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi: daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), ishlamoq (harakat nomi), oq (rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi. Tilning lug‘at boyligidagi bunday so‘zlar leksik birliklar sanaladi.Abstract
Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik so‘zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig‘indisi emas, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan, birining bo‘lishi ikkinchisining bo‘lishini taqozo qiladigan lug‘aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so‘z va elementlar yaxlit bir "organizm"ning "to‘qimalari" va "hujayralari" munosabatida bo‘ladi: so‘zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma’no va uning semalari o‘rtasidagi butun va qism munosabatlari, so‘z ma’nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Bu tizimning asosiy birligi so‘z ekanligini hisobga olsak, leksikologiyada bevosita so‘zning o‘zi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘riladi: so‘zning til birligi sifatidagi mohiyati, so‘z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik tarkibi), leksik ma’no va uslubiy semalar, leksik ma’no va etimon, leksik ma’no taraqqiyoti, udual va okkazional ma’nolar shular jumlasidandir.
References
Jamolxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: 2004. 2-qism. – 116 b.
Mamatov N. Etimologik murakkab so‘zlar //O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1978. – №1. – B. 8-10.
Navoiy asarlari lug‘ati. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1972. – 784 b.
Norov, I. (2021, February). ONOMASTIC ANTHROPONYMS IN STARRY NIGHTS. In Euro-Asia Conferences (pp. 42-44).
Norov, I. (2023). DEFINITION OF ZOONYMS IN UZBEK ARTISTIC WORKS. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(1), 1-6.
Yusupov, S. (2023). Use of Zonynyms in Works. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD).
Temirbekova, A. U. (2021). Emotional urges in karakalpak. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 189-193