STL KUTUBXONALARI

Authors

  • Shoxrux Umarjanov Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Andijon Fakulteti 2- bosqich AATT yo’nalish 70/23 guruh talabalari
  • Mahmudjon Choriyev Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Andijon Fakulteti 2- bosqich AATT yo’nalish 70/23 guruh talabalari
  • Alisher Ismailov Ilmiy rahbar

Keywords:

STL, C++, Visual Studio, Code::Blocks, Iterator, Algaritm, Konteyner

Abstract

Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va o’zgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori savilayi dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Pyhton) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash: masalani mashina tilida Dasturlash

Dasturlashning asosiy qismlaridan biri STL (Standart shablon kutubxonalari) biz bu mavzuni C++ dasturlash tilida yoritib beramiz. C++ Standart Shablon Kutubxonasi (STL) dasturchilarga ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarni samarali boshqarish uchun umumiy yondashuvni taqdim etadi. STL ning asosiy qismi konteynerlar bo‘lib, ular ma'lumotlarni saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan sinflar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Konteynerlar odatda turlar va ma'lumotlar ketma-ketligini saqlash uchun ishlatiladi va ular turli xil ehtiyojlarga mos keladigan ko‘rinishlarga ega.

C++ da STL (Standart Shablon Kutubxonasi) — bu shablonlar texnologiyasiga asoslangan kutubxona bo‘lib, umumiy ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarni o‘z ichiga oladi. STL uch asosiy komponentdan iborat:

  1. Konteynerlar (Containers): Ma'lumotlarni saqlash va boshqarish uchun maxsus sinflar to‘plami.
  2. Algoritmlar (Algorithms): Ma'lumotlar ustida bajariladigan umumiy amallar (masalan, `sort()`, `find()`.
  3. Iteratorlar (Iterators): Konteyner elementlariga kirish va ularni boshqarish uchun foydalaniladigan mexanizmlar.

STLning asosiy maqsadi — kodni qayta foydalanish, dasturiy ta'minotning moslashuvchanligini ta'minlash va ma'lumotlar ustida samarali operatsiyalarni amalga oshirishdir. STL kutubxonasi konteyner sinflarini taqdim etadi, ular yordamida ma'lumotlar tuzilmalarini yaratish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

References

[1] Abdurakhmonova, N., Alisher, I., & Toirova, G. (2022, September). Applying Web Crawler Technologies for Compiling Parallel Corpora as one Stage of Natural Language Processing. In 2022 7th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK) (pp. 73-75). IEEE.

[2] Abdurakhmonova, N., Alisher, I., & Sayfulleyeva, R. (2022, September). MorphUz: Morphological Analyzer for the Uzbek Language. In 2022 7th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK) (pp. 61-66). IEEE.

[3] NAZIROVA, E., ABDURAKHMONOVA, N., & ALISHER, I. Exploring Linguistic Roots (stem) and Word Categories in Uzbek Language through Advanced Natural Language Processing Techniques for Text Analysis.

[4] Ismailov, A. S., Akbarov, A., Qodirova, G. T. X. Q., & Yigitaliyeva, M. (2023). Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bosqichlari. Science and Education, 4(3), 187-191.

Downloads

Published

2024-10-29

How to Cite