BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR

Authors

  • Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
  • Jo‘rayeva Shohista Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Keywords:

Bir ma’noli, ko‘p ma’noli, polisemiya, monosemiya, morfologiya, evfemizm, disfemizm, so‘z yasalishi, yasalma, hosila

Abstract

 

Monosemiya yunoncha «mono» – bir, «sema» – ma'no so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir ma'nolilik demakdir. Birgina tushuncha yoki tasavvurni anglatib kelgan so‘zlar bir ma'noli yoki monosemantik sozlar deb ataladi. Masalan: non, suv, shahar, qishloq, urgu, kesim, traktor, kompyuter kabi.

So‘zlarning ko‘p ma'noliligi aslda so‘z ma'nolarining turli usullar bilan ko‘chishi, davrlar o‘tishi bilan ayrim so‘zlarning ma'nosida kengayish yo torayish hodisasi yuz berishi natijasida hosil bo'ladi. Kishilarning tabiat, jamiyat va ishlab chiqarish sohasidagi tasavvurlari, shu tasavvur va tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar, ularning ma'nolari o‘zgarib, kengayib, boyib boradi. Lekin bu metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi hodisalar polisemiyaning ko‘rinishlari degan gap emas. Ma'no ko‘chishdagi so‘z ma'nolarining o‘zgarishi bilan ko‘p ma'nolilikdagi so‘z ma'nolarining o‘zgarishi boshqa-boshqa hodisalardir.

Downloads

Published

2025-12-14

How to Cite

BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. (2025). CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD, 2(11), 122-124. https://universalconference.us/universalconference/index.php/crismw/article/view/6124