KALIBRLASHDAGI NOANIQLIK TAHLILI VA UNI MINIMALLASHTIRISH USULLARI
Keywords:
o‘lchash noaniqligi, GUM-93, kengaytirilgan noaniqlik, Bayes yondashuvi, Monte-Karlo usuli, JCGM 100 CD, ehtimollik zichligi funksiyasi (PDF), kirish kattaliklari, kovariatsiya, kalibrlash jarayonlari, standart noaniqlik, metrologiyaAbstract
Ushbu maqolada kalibrlash jarayonlarida o‘lchash noaniqligini baholashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. GUM-93 qo‘llanmasining amaliyotdagi cheklovlari, xususan, standart noaniqlikni chiziqli modellar yordamida baholash, kirish kattaliklarining ehtimollik zichligi funksiyasini aniqlashdagi murakkabliklar hamda kengaytirilgan noaniqlikni konservativ baholash kabi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. JCGM tomonidan taklif etilgan yangilangan hujjatlar (JCGM 100 CD) va Bayes yondashuvi ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi tahlil etilgan. Maqolada Monte-Karlo usulining (MMK) GUM-ga qo‘shimcha sifatida qo‘llanilishi, uning afzalliklari hamda sinov va kalibrlash laboratoriyalarida amaliyotga joriy etilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar ko‘rib chiqilgan. Bayes yondashuvi asosida o‘lchash modelini qurish, kirish kattaliklarining standart noaniqliklari va kovariatsiyalarini baholash, ularning taqsimot qonunlari asosida o‘lchash natijasining ehtimollik zichligini aniqlash algoritmi bosqichma-bosqich yoritilgan. Shuningdek, standart noaniqlikni baholashning statistik usullari, takrorlanuvchi o‘lchovlar asosida o‘rtacha qiymatni aniqlash, Student taqsimotiga asoslangan baholash va tuzatma kiritilgan holda noaniqlikni hisoblash formulalari keltirilgan. Bayes yondashuvi va MMK asosidagi algoritmlarning GUM tamoyillarini to‘ldiruvchi hamda noaniqlikni yanada aniqroq baholash imkoniyatlarini berishi ilmiy asoslangan. Maqola natijalari kalibrlash jarayonida o‘lchash noaniqligini baholashning takomillashgan usullari sifatida Bayes va Monte-Karlo yondashuvlarini qo‘llashning dolzarbligini ko‘rsatadi.
References
1. П.Р.Исматуллаев, П.М.Матякубова, Ш.А.Тўраев (проф. П.Р.Исматуллаев таҳририда) Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш.- Toшкент: LESSON PRESS, 2015. 420 б.
2. Довыденко О.В., Самойленко А.И., Петроневич В.В. Система метрологического обеспечения прослеживаемости измерений характеристик геометрии масс // Измерительная техника. 2020. № 12. C. 28-34. https://doi.org/10.32446/0368-1025it.2020-12-28-34.
3. Boyton R. Measuring weight and all three axes of center of gravity of rocket motor without having to re-position the motor // Proceeding of the 61th Annual Conference of the Society of Allied Weight Engineers, Virginia Beach, Virginia, USA, May 20-21, 2002, 22 p.
4. Мельников В.Г. Методы и приборы измерения инерционных параметров тел и формирования качественных параметров нелинейных твердотельных систем : автореф. дис. ... д-ра тех. наук: 05.11.01/ Мельников Виталий Геннадьевич. С-Пб., 2013. 36 с.
5. Куприков Н.М. Структурно-параметрический анализ влияния моментно-инерционного фактора на облик самолета арктического базирования : автореф. дис. ... канд. тех. наук: 05.07.02/ Куприков Никита Михайлович. М., 2015. 24 с.



