ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI
Keywords:
Abu Abbos Marokashiy, matematika tarixi, astronomiya, algebra, Mag‘rib ilmiy maktabi, balog‘at, ilmiy meros.Abstract
Ushbu maqolada XIII–XIV asrlarda yashab ijod qilgan mashhur mag‘riblik olim — Abu Abbos Marokeshiy ning ko‘p qirrali ilmiy merosi tahlil qilinadi. U matematika, astronomiya, balog‘at, til va falsafa sohalarida ellikdan ortiq asarlar yaratgan. Maqolada uning matematikaga oid asarlarining ahamiyati va ular orqali Mag‘rib mintaqasida algebra hamda geometriya rivojiga qo‘shgan hissasi bayon etiladi. Shuningdek, “Kitab al-anva”, “Al-Yasar fi ta‘dil al-kavakib” singari astronomiyaga oid asarlari o‘rganilib, ularning o‘sha davr taqvimshunoslik va yulduzlar harakatini hisoblash amaliyotidagi o‘rni yoritiladi. Muallifning bayon va balog‘at ilmlariga bag‘ishlangan “Ar-Ravdu-l-mari‘ fī ṣina‘ati-l-bad” kabi asarlari esa uning tilshunoslikdagi ilmiy merosini namoyish etadi. Maqolada shuningdek, Abu Abbosning ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumot berilib, uning ilmiy maktabi orqali Ibn Xaldun, Al-Obuliy kabi yirik allomalar shakllanganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Abu Abbos Marokashiyning islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi.References
1. Abu Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir Balozuriy. Futuhul-buldon. – Bayrut: Muassasatul Maorif, 1987. – B. 258.
2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Is’hoq ibn Yasor ibn Xiyar Al-Muttalibiy Al-Qurashiy Al-Madaniy. Kitaabus-siyar val-mag‘oziy. – 1-nashr. Dorul Fikr, 1978. – B. 523.
3. Abu Dovud Sulaymon ibn Ash’as ibn Is’hoq Sijistoniy Azdiy. Kitaabu-l-Masohif. – Qohira, 2002. – B. 452.
4. Abu Faraj Muhammad ibn Abu Ya’qub Is’hoq An-Nadim. Kitabu-l-Fihrist. – Bayrut: Dorul Ma’rifat, 1997. – B. 6-8.
5. Abu Husayn Ahmad ibn Foris ibn Zakariyo Ar-Roziy. As-Sohibi fiy fiqhil-lug‘atil-arabiyyati va sunanil-arabi fiy kalaamiha. Tahqiq: Dr. Umar Foruq Daabba. – 1-nashr. Bayrut: Maktabatul Maorif, 1993. – B. 587.



