“JOME’UL XUTUT” MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Is’hoqxon To‘ra Ibrat, Jome’ul xutut, matnshunoslik, husnixat, lingvistik tahlil, yozuv tarixi, arab grafikasida yozuvlar, leksik qatlam, til-uslub, xattotlik san’ati.Abstract
Ushbu maqolada To‘raqo‘rg‘onlik xattot va olim Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Jome’ul xutut” asari matnshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Asarning yaratilish sababi, tarkibiy tuzilishi, matnning lingvistik xususiyatlari — leksik, uslubiy va sintaktik qatlamlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asarning kirish qismi (hamdu sano va sababi ta’lif), boblari, qo‘llangan terminlar tizimi hamda arabiy, forsiy va turkiy til unsurlarining o‘zaro uyg‘unligi aniqlanadi. Shuningdek, muallif tomonidan turli yozuvlar — Islomiy (kufiy, suls, riqo’, rayhoniy va boshqalar), shuningdek, yevropa va sharq yozuvlari (yunon, xitoy, hindiy, yapon va boshqalar) haqida berilgan ma’lumotlar zamonaviy matnshunoslik tamoyillari asosida izohlanadi. Asardagi jadval, taqriz va e’tizor qismlarining mavjudligi uning ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Natijada “Jome’ul xutut” yozuv san’ati tarixi va grafika madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi isbotlandi
References
1. Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. - Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2000. - 172b.
2. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. - Toshkent: Fan, 2007. - 295 b.
3. Isʼhoqov Y. Klassik adabiyot poetikasidan maʼlumotlar. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970.
4. Isʼhoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983.
5. Hojiahmedov A. Sheʼriy sanʼatlar va mumtoz qofiya. – Toshkent: Sharq, 1998.
6. Mallayev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1965.
7. Nosirov O., Jamolov S., Ziyovuddinov M. Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1979.
8. Qurʼonov D., Mamajonova Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2010.
9. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati . – Toshkent, 1979.



