VILOYAT OQILOVANING IJODIY MEROSI
Abstract
O’zbek raqs san’atining mahalliy maktablarida xotin-qizlarning an’anaviy turg’un repertuar va ijro uslubiga ega bo’lgan qadimiy musiqiy raqs-san’ati yashab kelmoqda.Mavjud yo’nalishlarida faoliyat olib boruvchi xalq jamoalari turfa yerlarda turlicha ataladi.Masalan,Xorazm viloyatida-xalfa,Buxoro viloyatida-sozanda,Farg’ona vodiysida-yallachi.Mazkur hududlarda ijoddiy jamoalar odatda anchayin ixcham bo’lgan.Ular uchta cholg’uchi,ikkita raqqosa va shogirdlar.Sgunga qaramay,ijodiy jamoalar bir necha soat davomida muayyan mazmunga ega,kompozitsion yaxlit tomosha ko’rsata olgan.Bu muqaddima, uch-to’rt asosiy qism va xotimadan tashkil topgan o’ziga xos an’anaviy raqs teatri edi.Unda jonli so’z (murojaat,deklomatsiya),qo’shiq (yetakchi xonanda doirada usul berib,Xorazm viloyatida -garmonda qo’shiq boshlaydi,boshqalar jo’r bo’ladi)raqs (asosan yakkaxin raqqosa,kamdan-kam holatlarda ikki raqqosa) umumlashgan holda yagona mazmun kasb etadi.Aynan mana shu maktabning asoschilaridan sanalgan V.Oqilova bugungi kunda ham milliy raqs san’atimizning yorqin namoyandalaridan sanaladi.
References
1.O’zbek raqsini o’rganish uslubiyoti “o’quv qo’llanma(Buxoro raqs maktabi) .Usmanova Gulasal Normuhammad qizi Toshkent 2022,
2. San’at olami-talabalar nigohida” mavzusidagi ilmiy -amaliy anjuman materiallari-Toshkent 2024 ,



