MODDANING MAGNIT XOSSALARINI O‘RGANISH TARIXI.
Abstract
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra «magnetizm» va «magnit» so‘zlari yunon provinsiyasi Magneziya va Magnes shahri nomidan kelib chiqqan. Chunki bu shahar atrofida temirni o‘ziga tortuvchi tosh-magnetit qazib olingan. Bu ma’lumotni Lukresiy Kar o‘zining «Moddalar tabiati haqida» kitobida bayon qiladi. Pliniyga ko‘ra, “magnit” so'zi magnetitni topib olgan Magnes ismli cho‘pon nomidan kelib chiqqan. Magnetit - judda murakkab tuzilmali magnit kristall sinfiga tegishli moddalardan biridir. Aynan magnetit esa - temir ferritdir. Fransuz olimi Neel bunday turdagi kristallarning magnit tuzilishini anglab, ular uchun - ferrimagnit nomini kiritdi. Ferrimagnetizm nazariyasini yaratgani uchun 1970 yilda Neel fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
References
1. Г.Е. Зильберман. Электричество и магнетизм.//М.: Интеллект, 2008 г. 337 c.
2. И.Е. Иродов. Электромагнетизм. Основные законы.//М.: Бином. Лаборатория знаний, 2014 г. 320 c.
3. Э. Парселл. Электричество и магнетизм. Берклеевский курс физики.// М.: Лань, 2005. 420 c.
4. А.Г. Попов. Движение заряженных частиц в электрических и магнитных полях. Учебное пособие.//М: Высшая школа, 2015 г. 404 c.
5. Ю.M. Поплавко. Oсновы физики магнитныx явлений в кристаллах.// Kиев, НТУУ «KПИ», 2007 г. 324 c.



