GINEKOLOGIK KASALLIKLARDA VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLARNING AHAMIYATI
Abstract
Vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi ayollarning reproduktiv salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi global muammodir. O‘zbekistonda aholining 60% dan ortig‘i D vitamini yetishmovchiligiga duchor bo‘lib, bu gormonal disbalans, menstrual tsikl buzilishlari va boshqa ginekologik kasalliklar riskini oshiradi. Ekologik ifloslanish, noto‘g‘ri ovqatlanish va yomon hayot tarzi vitaminlar singishini sezilarli darajada kamaytiradi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, vitamin yetishmovchiligi dunyo bo‘ylab 1 milliardga yaqin ayollarda reproduktiv salomatlik muammolariga olib kelmoqda. O‘tgan 5 yil ichida vitaminlar va reproduktiv funktsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlovchi 150 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Mamlakatimizda reproduktiv yoshdagi ayollar aholining 35% ni tashkil etishi, bu muammoning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Vitamin profilaktikasi ginekologik kasalliklarni oldini olish va ularni davolashning eng samarali va arzon usullaridan biri hisoblanadi.
References
1. Резников А. Г. Препараты прогестерона: фармаологические особенности, преимущества, клиническое применение. // Практикующий врач. — 2004. — № 3. — С. 5-9.
2. Руководство по эндокринной гинекологии. / Под ред. Е. М. Вихляевой. — М.: Медицинское информационное агентство, — 1997. — 768 с.
3. Серов В. Н., Прилепская В. Н., Овсянникова Т. В. Гинекологическая эндокринология. — М.: МЕДпресс-информ, — 2004. — 528 с.



