PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI DARSINI REJALASHTIRISH: MAQSAD–NATIJA–BAHOLASH ZANJIRI ASOSIDA
Keywords:
professional ta’lim, ingliz tili metodikasi, dars rejalashtirish, o‘quv natijalari, konstruktiv moslik, formatif baholash, rubrika.Abstract
Professional ta’lim muassasalarida ingliz tili fanini o‘qitishning asosiy talabi – o‘quvchini real kasbiy vaziyatlarda ishlatiladigan til ko‘nikmalariga olib chiqishdir. Amaliyotda esa dars maqsadi umumiy ifodalanishi, kutiladigan natija aniq o‘lchanmasligi va baholash topshiriqlari dars faoliyatidan uzilib qolishi sababli o‘qitish samaradorligi pasayadi. Ushbu maqolada darsni rejalashtirishda “maqsad–natija–baholash” zanjiri bo‘yicha konstruktiv moslik (constructive alignment) tamoyili hamda “backward design” (orqadan loyihalash) yondashuvi asosida metodik model taklif etiladi. Metodologiya bo‘limida ehtiyoj tahlili, SMART maqsad qo‘yish, o‘quv natijalarini kompetensiya formatida (bilim, ko‘nikma, munosabat) yozish, baholash mezonlari va rubrikalar tuzish, formatif baholash vositalari (exit-ticket, chek-list, mini performance)ni rejalashtirish bosqichlari bayon qilinadi. Natijalar bo‘limida texnikum sharoitida 4 haftalik modul uchun namunaviy reja-jadval, topshiriqlar va rubrika namunasi keltirilib, zanjirli rejalashtirish darsning mantiqiyligi, talaba faolligi va baholashning shaffofligini oshirishi asoslanadi.
References
1. Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press, 2014.
2. Brown H.D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. Pearson, 2015.
3. Nation I.S.P. Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University Press, 2013.
4. Biggs J., Tang C. Teaching for Quality Learning at University. Open University Press, 2011.
5. Wiggins G., McTighe J. Understanding by Design. ASCD, 2005.
6. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages (CEFR). Cambridge University Press, 2001.
7. Harmer J. The Practice of English Language Teaching. Pearson, 2015.
8. Brookhart S.M. How to Create and Use Rubrics for Formative Assessment and Grading. ASCD, 2013.



