Oliy tibbiy ta’limda klinik farmakologiya fanini kredit-modul tizimiga muvofiq holda o’qitishning amaliy holati
Abstract
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1971-yilda farmakologiyaning muhim yo‘nalishi bo‘lgan klinik farmakologiyani mustaqil fan sifatida tan oldi. Ushbu qarorning asosiy maqsadi — dorilarning farmakodinamikasi va farmakokinetikasini, ularning o‘zaro ta’siri hamda salbiy oqibatlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar yordamida chuqur o‘rganishdan iboratdir. Klinik farmakologiya - bu muayyan kasallik yoki sindrom bilan og‘rigan bemorga dori tanlashda, ularning klinik va farmakologik xususiyatlarini hisobga olib, eng maqbul va xavfsiz dori kombinatsiyasini tavsiya etish, shuningdek, olib borilayotgan farmakoterapiyaning samaradorligi hamda xavfsizligini nazorat qilishga qaratilgan fan sohasidir. Oliy tibbiy ta’limda aynan shu fanning ham kredit-modul tizimiga asoslangan holda o’qitilishi talabalar va pedagoglarga ko’plab qulayliklarni yaratdi.
Downloads
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Kredit-modul tizimini joriy etish metodik ko‘rsatmalar, Toshkent, 2022
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori. Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qarori.
3.Izimovna U.R. “Kreditno-modulnaya sistema organizatsii obucheniya kak faktor formirovaniya umeniy samoobrazovatelnoy deyatelnosti studenta”. Avtoreferat - Orenburg-2010.



















