MINERAL VA KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN BETONDA ISSIQLIK BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada yuqori harorat ta’sirida ishlovchi qurilish obyektlari, xususan, yo‘l qoplamalari, sanoat pechlari, energetika inshootlari va quyosh energiyasi obyektlari uchun betonning issiqlik barqarorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda mineral qo‘shimchalar (metakaolin, mikrosilikat, shlak) va kimyoviy qo‘shimchalar (polikarboksilat asosidagi superplastifikator va gidrofob modda) birgalikda qo‘llanilib, ularning mikrostrukturaga ta’siri kompleks tarzda o‘rganildi. Materiallar PC 400 D0 va PC 500 D0 sementlari asosida tayyorlanib, 28 sutka qotgach 100 dan 800 darajagacha bo‘lgan haroratlarda termik sinovlardan o‘tkazildi. Siqilishdagi mustahkamlik, elastiklik moduli, massa yo‘qotilishi, suv singdirish va mikrostrukturaviy tahlillar bajarildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 20 foiz metakaolin, 0,8 foiz superplastifikator va 0,5 foiz gidrofob qo‘shimcha kombinatsiyasi 600 darajagacha bo‘lgan haroratlarda betonning mustahkamligini 80–85 foizgacha saqlab qoladi. 800 darajada esa oddiy beton bilan taqqoslaganda mustahkamlik pasayishi 15–20 foiz atrofida bo‘ladi. Gidrofob komponent suv bug‘lanishidan hosil bo‘ladigan ichki bosimni kamaytirib, yoriqlanishni kamaytiradi; mikrosilikat esa C–S–H fazalarini mustahkamlab, mikro-g‘ovaklikni kamaytiradi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos beton ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.
Downloads
References
1. Botirova, N., Abdikomilova, M., Botirov, B., & Abdullayev, M. (2022). DEVELOPMENT OF CONCRETE COMPOSITION WITH THE HELP OF CHEMICAL ADDITIVES OF HIGH STRENGTH HEAVY CONCRETE. Академические исследования в современной науке, 1(17),
2. Botirova, N., Rajabboyev, A., & Raximboyev, G. A. (2025). TEMIRBETON CHIQINDILARI ASOSIDAGI OG ‘IR BETONNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI TADQIQ QILISHDA EKSPERIMENTАL TАDQIQОTLАRNI О ‘TKАZISH METОDIKАSI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(4), 189-195.
3. Botirova, N., Qurbonov, S., & Umirqulov, S. (2025). OPTIMAL CONCRETE COMPOSITION FOR ROADS: DEVELOPMENT IN EUROPEAN COUNTRIES. Наука и инновации в системе образования,
4. Botirov, B. F., & Botirova, N. S. (2024). Identification of physical and mechanical characteristics of high strength heavy concrete. Architecture. Construction, 1(1), 134-140.



















