XORAZM SHEVASIDA BALIQ NOMLARINING TAMOYILLARI
Keywords:
Xorazm shevasi, baliq nomlari, etnolingvistika, dialektologiya, Amudaryo baliqlari nomlari, Qorabaliq, Arnaqbaliq, Tovoqbaliq va b.Abstract
Ushbu tezisda Xorazm shevasida uchraydigan baliq nomlarining leksik-semantik xususiyatlari, ularning shakllanish tamoyillari hamda nomlash motivatsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida og‘zaki manbalar, so‘rovnoma va kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Asosiy e’tibor baliq nomlarining tashqi belgi, yashash muhiti, harakat, xulq-atvor va madaniy omillar asosida shakllanishiga qaratilgan.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Xorazm shevasidagi baliq nomlari xalqning tabiat haqidagi kuzatuvchanligi, dunyoqarashi va etnolingvistik tafakkurini ifodalaydi. Ushbu nomlar o‘zbek xalqining madaniy merosini va leksik boyligini saqlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Downloads
References
1. G‘ulomov A. O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 1979.
2. Asqarova M. O‘zbek tili dialektologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
3. Mahmudov N., Rasulov R. Til va madaniyat: etnolingvistik yondashuv. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.
4. Qayumov A. Xorazm shevasining fonetik va leksik xususiyatlari. – Urganch, 1985.
5. Rajabov Sh. O‘zbek xalqining tabiiy atamalar tizimi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.



















