AQSHDA AXBOROT SIYOSATI VA FUQAROLIK JAMIYATINING O‘ZARO ALOQASI
Abstract
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) axborot siyosatini shakllantirish va uni fuqarolik jamiyati bilan uyg‘un holda rivojlantirishda dunyoning eng ilg‘or tajribasiga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda siyosiy tizimning asosiy ustunlaridan biri — so‘z va matbuot erkinligi, hamda fuqarolarning davlat faoliyatida faol ishtirok etishi huquqidir. AQSh Konstitutsiyasining Birinchi tuzatishi (First Amendment) so‘z erkinligini kafolatlab, fuqarolarga davlat faoliyati haqida ochiq ma’lumot olish va uni erkin muhokama qilish huquqini beradi. Bu esa fuqarolik jamiyatining mustahkamlanishida, davlat boshqaruvi shaffofligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Downloads
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 464 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020.
4. Tufekci Z. Twitter and Tear Gas: The Power and Fragility of Networked Protest. – Yale University Press, 2017.
5. Pew Research Center. Social Media and Politics: Trends and Implications. – Washington D.C., 2021.



















