ALISHER NAVOIYNING «LAYLI VA MAJNUN» DOSTONIDAGI QAHRAMONLARINING FOLKLORDAGI ZAMINI

Authors

  • Adolat Nuralieva O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Keywords:

Xalq og‘zaki ijodida yaratilgan “Layli va Majnun” dostoni”, kelib chiqish tarixi, qiyoslanishi, Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostoni bilan qiyoslanishi, talqini, tahlili

Abstract

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodida yaratilgan “Layli va Majnun” dostoni va uning yaratilish tarixi xususida to‘xtalib, kitobiy shakli qiyoslanadi. Navoiy “Layli va Majnun” dostonining xalq ijodiyoti zaminida paydo bo‘lgani, uning “avom” (oddiy xalq) va roviylar og‘izdan-og‘izga o‘tkazib hikoya qilib kelganini ta’kidlaydi va o‘z dostonida Layli va Majnun haqidagi afsona va rivoyatlardan foydalanadi. Biroq, uning asl maqsadi “afsona” so‘zlash emas, balki “mazmun” bayon etishdir. “Afsona” asarning “mavzun libosi” bo‘lsa, hayot, Navoiy yashagan muhit masalalari asarning mazmuni, mohiyatidir. “Layli va Majnun” dostonidagi qahramonlarining vujudga kelishi va takomili, bir tomondan, ko‘hna tarixga, ikkinchi tomondan, xalq ijodiyoti bisotiga bog‘lanadi. Qays (Majnun), Layli kabi obrazlar aslida tarixiy prototiplar asosida vujudga kelgan bo‘lsa ham, boshlab ular xalq fantaziyasi, badiiy ijodkorligi bilan yo‘g‘rilib, folklor qahramonlari sirasidan o‘rin olgan, keyin yozma adabiyot obidalari tomon yo‘l olganligi, kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilganligi xususida so‘z boradi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Ранняя история повести о Меджнуне и Лейле в арабской литературе, Сб. “Алишер Навои”, изд. АН СССР, М., — Л., 1946, стр. 31.

2. Насир-и Хусрау. Сафарнамa. Книга путешествия. Перевод и вступительная статья Е. Э. Бертельса. М.-Л., 1939, стр. 173.

3. Е. Э. Бертельс. “Лейли и Меджнун”, сб., “Родоначальник узбекской литературм”, Ташкент, 1941, стр. 30-31

4. T. Ahmedov Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni, O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti, Toshkent —1970.

5. Xamsa, 358-bet

6. Xamsa, 454-bet.

7. Mallaev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti, T.:Fan, 1974

8. Asarlar. O‘n birinchi tom, 214-215, 230-231-betlar

9. Mahbubul-qulub, 96-97-betlar

Downloads

Published

2025-07-08

How to Cite

ALISHER NAVOIYNING «LAYLI VA MAJNUN» DOSTONIDAGI QAHRAMONLARINING FOLKLORDAGI ZAMINI. (2025). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 2(7), 23-29. https://universalconference.us/index.php/pssir/article/view/4921