O‘ZBEKISTONDA EKSPORT TARKIBINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING IQTISODIY O‘SISH VA TASHQI SAVDO BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
eksport, diversifikatsiya, iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo, eksport tarkibi, makroiqtisodiy barqarorlik, valyuta tushumlari, yuqori qo‘shilgan qiymat, raqobatbardoshlik, tashqi bozor.Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda eksport tarkibini diversifikatsiyalashning iqtisodiy o‘sish va tashqi savdo barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganilgan. Eksportning ayrim xomashyo mahsulotlari va cheklangan tashqi bozorlarga bog‘liqligi mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi narxlar o‘zgarishi, tashqi talabning pasayishi va global iqtisodiy xavflarga nisbatan zaifligini oshirishi asoslab berilgan. Tadqiqotda yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika hamda xizmatlar eksportini rivojlantirishning iqtisodiy samaralari yoritilgan. Shuningdek, eksport geografiyasini kengaytirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarni joriy etish va transport-logistika infratuzilmasini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida eksport tarkibini diversifikatsiyalash valyuta tushumlarini barqarorlashtirish, tashqi savdo saldosini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilishi aniqlangan.
Downloads
References
1. Jalolov, J.J. va Axmedov, I.A. (2010) Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
2. Shomagdiyev, A.S. (2009) Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi. Darslik. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
3. Shennayev, X.M. va Xalikulova, G.T. (2014) Tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU.
4. Vahobov, A.V., Tajibayeva, D.A. va Xajibakiyev, Sh.X. (2015) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. Toshkent: Baktria Press.
5. Vahobov, A.V., Xajibakiyev, Sh.X., Raxmanov, Sh.I. va Usmanova, X.A. (2014) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Voris-nashriyot.



















