AYOLLARDA PARODONT KASALLIKLARINING RIVOJLANISHI VA KECHISHIDA MAHALLIY OG‘IZ BO‘SHLIG‘I OMILLARINING MODIFIKATSIYALOVCHI AHAMIYATI
Abstract
Parodont kasalliklari rivojlanishida mikrobial biofilm asosiy etiologik omil bo‘lsa-da, uning ta’siri mahalliy og‘iz bo‘shlig‘i sharoitlari va organizmning individual javobi bilan belgilanadi. Og‘iz gigiyenasining qoniqarsizligi, biofilmning to‘planishi va mahalliy retentiv omillar periodontal yallig‘lanishning yuzaga kelishi hamda kuchayishiga zamin yaratadi. Ayollarda esa gormonal o‘zgarishlar periodontal to‘qimalarning yallig‘lanishga sezuvchanligini o‘zgartirishi mumkin. Shu sababli mahalliy og‘iz bo‘shlig‘i omillarini aniqlash va ularning modifikatsiyalovchi rolini baholash parodont kasalliklarini erta aniqlash va profilaktikasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.



















