SUTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING TEXNOLOGIK VA RAQAMLI YECHIMLARI
Keywords:
sutni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat xavfsizligi, HACCP, Kritik Nazorat Nuqtalari (KNN),Abstract
Maqolada "Pure Milky Works" MChJ sut korxonasi misolida sutni chuqur qayta ishlash va muzqaymoq ishlab chiqarish liniyalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Elektr o‘tkazuvchanlik (conductivity) datchiklariga asoslangan avtomatlashtirilgan CIP yuvish algoritmi va uning HACCP (ISO 22000) tizimi bilan raqamli integratsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida korxonada texnologik brak hajmi 1.5% dan 0.1% gacha kamaytirilgani, yillik suv iste’moli 35% ga va kimyoviy moddalar sarfi 25% ga tejalgani aniqlangan. Kiritilgan kapital xarajatlarning o‘zini oqlash muddati 11 oyni tashkil etdi.
Downloads
References
1. Ishniyazova Sh.A., O‘razova U.H. Sut mahsulotlari sifatini baholash // Chorvachilik va naslchilik ishi: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 2025. – B. 45-48.
2. Ishniyazova Sh.A., O‘razova U.H. Sut sanoatida xavfsizlikni boshqarish: HACCP tizimi va avtomatlashtirilgan texnologiyalar integratsiyasi // International scientific journal. – 2025. – №4. – P. 112-117.
3. Goff H.D., Hartel R.W. Ice Cream. – Seventh edition. – Springer New York, 2013. – 461 p.
4. ISO 22000:2018. Food safety management systems – Requirements for any organization in the food chain.
5. O‘z DSt ISO 22000:2010. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi. Oziq-ovqat zanjiri ishtirokchilari uchun talablar



















