YOG‘OCH QURILISH MATERIALLARINING YONG‘INBARDOSHLILIGINI OSHIRIB, TERMITLARDAN HIMOYALOVCHI OLIGOMER ANTIPIREN-ANTISEPTIKLAR SINTEZI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Keywords:
Yog‘och materiallar, oligomer antipiren, antiseptik, termit, yong‘inbardoshlik, organo-noorganik gibrid tarkib, fosfor-bor tizimi, rux birikmalari, biologik barqarorlik, qurilish xavfsizligi.Abstract
Ushbu maqolada yog‘och qurilish materiallarining yong‘inga chidamliligini oshirish va termitlar ta’siridan himoyalashda oligomer antipiren-antiseptiklarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi. Yog‘och ekologik toza, yengil, issiqlikni yaxshi saqlaydigan va ishlov berishga qulay qurilish materiali bo‘lsa-da, uning asosiy kamchiligi yonuvchanligi, namlik ta’sirida biologik yemirilishi va termitlar tomonidan shikastlanishidir. Maqolada fosfor, bor, azot, oltingugurt va rux saqlovchi organo-noorganik tarkiblarning yong‘inbardoshlik hamda antiseptik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston tadqiqotchilari tomonidan olingan tajriba natijalariga tayangan holda, ishlov berilmagan yog‘och namunalarida massa yo‘qotilishi 67,3 foizga yetgani, Zn-4 markali oligomer antipiren-antiseptik bilan ishlov berilganda esa bu ko‘rsatkich 4,1 foizgacha kamaygani asoslanadi. Bu esa mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqiladigan ko‘p funksiyali himoya tarkiblarining import o‘rnini bosuvchi, iqtisodiy va texnologik jihatdan istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.
Downloads
References
1. Nazarov F., Nurkulov F. N. Investigation of fire-resistant properties of wood materials modified with boron and zinc containing flame retardants-antiseptics // Universum: технические науки. 2023. № 7, 112.
2. Shaykulov B. K., Nurkulov F. N., Djalilov A. T. Izucheniye fiziko-khimicheskikh svoystv sopolimerov, sintezirovannykh na osnove akrilovoy kisloty // Razvitiye nauki i tekhnologiy. 2022. № 5. S. 110-114.
3. Turayev X. X., Xolboyeva A. I., Yaqubova D. T., Narmanova F. S. DGT-2 markali oligomer antipiren-antiseptiklarni texnik-iqtisodiy samaradorligini ishlab chiqish // Nodir va noyob metallar kimyosi va texnologiyasi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Termiz, 2023. B. 35-36.
4. Turayev X. X., Xolboyeva A. I., Qosimov Sh. A., Nurqulov F. N., Yaqubova D. T. Mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan oligomerlar bilan ishlov berilgan yog‘och qurilish materiallarining statik mustahkamligi // Yosh olim va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Qo‘qon, 2023. B. 64-66.
5. Turayev X. X., Nurqulov F. N., Djalilov A. T. Yog‘och va polimer materiallarning xossalarini yaxshilash uchun oligomer antipiren-antiseptiklar olish va qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar. Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot materiallari. Termiz, 2025.
6. Latipova D. Respublikada termitlarning tarqalishi va ularga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida // Journal of New Century Innovations. 2023. Vol. 41. № 1. B. 120-124.
7. Umedulloyev M. M., Xursandov E. O‘. Yog‘och materiallar va ularning strukturasi, tarkibiy tuzilishi va vazifasi // Iqro ilmiy jurnali. 2023. № 7. B. 210-216.



















