PEDIATRIYAGA OID EPONIMIK TERMINLARDA NOMINATSIYA VA ULARNING LUG'ATDA BERILISHI (INGLIZ, O'ZBEK VA RUS TILLARI MISOLIDA)
Abstract
Tibbiy tushunchalarni nomlash zarurati odamning kasallik va davolash bilan doimiy to'qnashuvidan elib chiqadi [1]. Pediatriyada bu nomlarning bir qismi kasallikni birinchi bo'lib tasvirlagan shifokor yoki kasallik aniqlangan joy nomi bilan hosil qilinadi: Down syndrome, Kawasaki disease, Apgar score, Lyme disease. Terminologik nominatsiya ongli va maqsadli faoliyat bo'lib, unda nom berish uchun tanlangan belgi muhim o'rin tutadi [2]. Eponimlarda bu belgi tushunchaning o'ziga emas, uning tadqiqotchisiga yoki topilgan joyiga tegishli, shu sababli nomdan kasallikning mohiyatini bilib bo'lmaydi. Shunga qaramay, eponimlar amaliyotda keng qo'llanadi va bemor oilalari ularni ko'pincha afzal ko'radi [3].
Downloads
References
1. Navruzova M. Tibbiyot terminologiyasida nominativ funksiyalarning ifodalanishi // Tadqiqot va innovatsiyalar jurnali. - 2025. - 3(3). - B. 28-34. - DOI: 10.5281/zenodo.15442890.
2. Saidqodirova D.S. Terminologiyada nominatsiya hodisasi (kompyuter va internet terminlari misolida): DSc diss. - Toshkent: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2023.
3. Armocida E., Masciangelo G., Natale G. Medical eponyms versus acronyms: what medical terminology is most beneficial to learn? A question of goals // Postgraduate Medical Journal. - 2024. - Vol. 100, No. 1188. - P. 771-775. - DOI: 10.1093/postmj/qgae059.
4. Navruzova M.G. Tibbiy birliklarning leksikografik tadqiqi: DSc diss. avtoref. - Buxoro: Buxoro davlat universiteti, 2026. - URL: https://buxdu.uz/media/aftoreferat/Navruzova_Muyassar_compressed.pdf (murojaat sanasi: 16.11.2026).
5. Taneva S.Y. Eponymization of literary and mythological characters in English, Russian and Bulgarian medical domain // Здоровье человека, теория и методика физической культуры и спорта. - 2022. - № 4 (28). - P. 205-212.



















