UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI ZANJIRGA BIRLASHTIRUVCHI INTEGRATSIYA ARXITEKTURASI

Authors

  • Dusmuxamedov Abdujalil Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini raqamlashtirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son ““Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni [2] hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son “Maktabgacha va maktab taʻlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori [3] maktabgacha taʻlim tashkilotlari (MTT) mutaxassislarini malakasini oshirish tizimini tubdan yangilashni nazarda tutadi. Bugungi kunda mazkur sohada bir nechta milliy axborot tizimlari parallel faoliyat yuritmoqda: bbit.uz platformasi MTTlarning kundalik boshqaruvini, ECO (KPI+LMS) tizimi esa malaka oshirish institutlarining oʻquv jarayoni va samaradorlik baholashni raqamlashtiradi. Biroq ushbu tizimlar oʻrtasida maʻlumotlar almashinuvining yoʻqligi jarayonlarning uzilishiga, maʻlumotlarning takroriy kiritilishiga va boshqaruv samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda [4].

Yevropa Komissiyasining Yangi Yevropa oʻzaro muvofiqlik [5] tizimlararo integratsiyani toʻrt darajada (huquqiy, tashkiliy, semantik va texnik) tahlil qilishni taklif etadi. UNESCO hisobotlarida [6] tarqoq tizimlar muammosi “maʻlumotlar orollari” atamasi bilan ifodalanadi. OECD [7] esa muvaffaqiyatli raqamli ekotizimlarning umumiy belgisi sifatida “bir marta kiritish koʻp marta foydalanish” tamoyilini ajratib koʻrsatadi.

 

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son “Shaxsga doir maʻlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Qonunchilik maʻlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 03/19/547/3456-son.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. – Qonunchilik maʻlumotlari milliy bazasi, 06.10.2020-y., 06/20/6079/1434-son.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son “Maktabgacha va maktab taʻlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori. – Qonunchilik maʻlumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 09/24/867/2345-son.

4. Dustmuhkamedov, A., Berdimurotov, A., Anvarov, N. Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida raqamli malaka va KPI boshqaruvi: oʻquv qoʻllanma. – Toshkent, 2026. – 160 b.

5. European Commission. New European Interoperability Framework: Promoting Seamless Services and Data Flows for European Public Administrations. – Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. – 48 p.

6. UNESCO. Re orienting Education Management Information Systems (EMIS) towards Inclusive and Equitable Quality Education and Lifelong Learning. – Paris: UNESCO Publishing, 2020. – 112 p.

7. OECD. Digital Education Outlook 2023: Towards an Effective Digital Education Ecosystem. – Paris: OECD Publishing, 2023. – 280 p.

8. Dustmuhkamedov A. Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatida ECO tizimining roli. – Toshkent, 2025. – 85 b.

Downloads

Published

2026-07-12

How to Cite

UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI ZANJIRGA BIRLASHTIRUVCHI INTEGRATSIYA ARXITEKTURASI. (2026). INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS, 3(6), 24-31. https://universalconference.us/index.php/icmdpl/article/view/7572