MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOG XODIMLARINI OLIY MA’LUMOTLI KADR SIFATIDA TAYYORLASHDA DUAL TA’LIMNING AHAMIYATI
Keywords:
dual ta’lim, maktabgacha ta’lim, pedagog kadrlar, kasbiy kompetensiya, ta’lim sifati, amaliy tayyorgarlik, mentorlik, hamkorlik, ta’limda menejment, bandlik.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlashda dual ta’lim texnologiyasining nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Maktabgacha ta’lim tizimida kuzatilayotgan malakali pedagog kadrlar tanqisligi, bitiruvchilarning amaliy faoliyatga moslashishidagi qiyinchiliklar hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzilishlar muammo sifatida o‘rganilgan. Dual ta’lim modeli pedagog kadrlarni tayyorlash sifati, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, ish beruvchilar ehtiyojlarini qondirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida dual hamkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 163-son qarori. “Dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF–5812-son Farmoni. “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
6. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishning zamonaviy mexanizmlari. – Toshkent, 2022.
7. Valiyeva F.R. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni boshqarish asoslari. – Toshkent, 2023.



















