SURXONDARYO VILOYATIDA ADLIYA XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI: E-NOTARIUS, E-FHDYO VA ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARINING HUDUDIY AMALIYOTI
Keywords:
raqamli adliya, E-notarius, E-FHDYo, YIDXP, elektron davlat xizmatlari, idoralararo integratsiya, raqamli tafovut, Surxondaryo viloyati.Abstract
Tezisda 2017-2025-yillarda Surxondaryo viloyatida adliya xizmatlarining raqamlashtirilishi E-notarius, E-FHDYo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi misolida tahlil qilinadi. Raqamlashtirish hujjat aylanishini tezlashtirish, korrupsiya xavfini kamaytirish va xizmatga kirish imkoniyatini oshirish vositasi sifatida baholanadi. Shu bilan birga, raqamli tafovut, internet sifati, kadrlar malakasi, axborot xavfsizligi va qog‘oz arxivlarni elektron muhitga o‘tkazish muammolari alohida ko‘rib chiqiladi.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni. Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari faoliyatini transformatsiya qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va norma ijodkorligini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining E-notarius va FHDYo axborot tizimlariga oid ochiq materiallari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali materiallari.
6. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi. “Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?”, 2025-yil 29-yanvar.



















