“BOBURNOMA” INGLIZCHA TARJIMALARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING IFODALANISHI VA TARJIMA MUAMMOLARI (J. Leyden – V. Erskin, A. S. Beverij va V. Tekston tarjimalari asosida)

Authors

  • M.U.Ravshanova Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

Keywords:

1. Annamaria Shimmel. “The empire of the great mughals”. – London, 2004. 351p. 2. Beveridge, Anette Susannah. The Babur-nama in English. Emperor of Hindustan Babur. – London, 1921. – 880 р. 3. Nida Е. “Towards a Science of Translating” 1964, Р.170. 4. Teshaboyeva. Z.Q. “Boburnoma”dagi frazeologik birliklarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati. Toshkent-2023. 5. Teshaboyeva. Z.Q. “Boburnoma” da ekvivalent so‘zlar masalasi va inglizcha tarjimalari xususida maqolasi. 6. Thackston Wh.M. The Baburnama. Memoirs of Babur, Prince and Emperor. –New York, 1996. – 554 р.

Abstract

Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan “Boburnoma” asari o‘zbek mumtoz adabiyotining nodir namunasi bo‘lishi bilan birga, jahon tarixiy-memuar adabiyotida ham alohida o‘rin tutadi. Asarda muallifning hayoti, siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davr manzarasi bilan bir qatorda, uning falsafiy qarashlari, diniy e’tiqodi va milliy dunyoqarashi ham badiiy jihatdan yuksak saviyada ifodalangan. Ayniqsa, asar tilining boyligi, frazeologik birliklar, metaforalar, ramziy va diniy tushunchalarning keng qo‘llanilishi “Boburnoma”ni tarjima qilish jarayonini murakkablashtiradi.

“Boburnoma” ingliz tiliga bir necha bor tarjima qilingan bo‘lib, eng mashhur tarjimalar Jon Leyden va Villiam Erskin (1826), Annetta Susanna Beverij (1921) hamda Vilyer Tekston (1996) nomlari bilan bog‘liqdir. Ushbu tarjimalar nafaqat til, balki davr, tarjimonning maqsadi va ilmiy yondashuvi bilan ham farqlanadi. Shu sababli bir xil matn turli tarjimalarda turlicha semantik, uslubiy va pragmatik qiyofaga ega bo‘lgan.

Mazkur maqolada “Boburnoma” inglizcha tarjimalarida milliy-madaniy konseptlarning ifodalanishi, frazeologik birliklarning tarjima qilinishi, shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-01-10

How to Cite

“BOBURNOMA” INGLIZCHA TARJIMALARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING IFODALANISHI VA TARJIMA MUAMMOLARI (J. Leyden – V. Erskin, A. S. Beverij va V. Tekston tarjimalari asosida). (2026). INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS, 3(1), 25-28. https://universalconference.us/index.php/icmdpl/article/view/6411