Xalqaro kreditlarni boshqarish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari

Authors

  • Charos Shoyimova O’rolovna

Keywords:

xalqaro kredit, tashqi qarz, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, xalqaro moliya institutlari, davlat qarzi, iqtisodiy o’sish, kredit siyosati, moliyalashtirish.

Abstract

      Xalqaro kreditlar mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, investitsion faollikni kengaytirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilishning muhim moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘larining o‘rni tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, xalqaro kreditlardan samarali foydalanish ularni oqilona boshqarish, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va iqtisodiy natijadorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq.

      Tadqiqotda xalqaro kreditlarni boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinib, Oʻzbekistonda xalqaro kreditlarni jalb etish va ulardan foydalanishning bugungi holati baholangan. Kredit mablag‘larining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ahamiyati hamda davlat tashqi qarzini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro kreditlardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy resurslarni maqsadli yo‘naltirish, monitoring va nazorat tizimini takomillashtirish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi to‘g‘risidagi axborot. – Toshkent, 2025.

2. Jahon banki. World Development Indicators va O‘zbekiston bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar. 2025.

3. Osiyo taraqqiyot banki. Asian Development Outlook 2025. Manila, 2025.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi. Republic of Uzbekistan: Article IV Consultation Report. Washington D.C., 2025.

4. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2025.

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosati sharhi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. – Toshkent, 2025.

Downloads

Published

2026-07-04

How to Cite

Xalqaro kreditlarni boshqarish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari. (2026). INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY, 3(4), 123-127. https://universalconference.us/index.php/icast/article/view/7533