O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMINING XALQARO MOLIYA BOZORLARIGA INTEGRATSIYALASHUVI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
xalqaro moliya bozorlar, moliyaviy integratsiya, kapital bozori, suveren obligatsiyalar, investitsiya, bank islohotlari, valuta riski, xalqaro moliya institutlari, moliyaviy barqarorlik, O‘zbekiston.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekiston moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuvi, uning iqtisodiy zarurati, institutsional omillari, mavjud imkoniyatlari va ehtimoliy risklari tahlil qilinadi. Integratsiya jarayoni xalqaro kapital bozorlariga chiqish, suveren va korporativ obligatsiyalar joylashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bank tizimida xalqaro standartlarni joriy etish, kapital bozorini chuqurlashtirish, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va moliyaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish bilan bog‘liq. Tadqiqotda O‘zbekistonning makroiqtisodiy barqarorligi, xalqaro zaxiralari, bank sektoridagi islohotlar, kapital bozori salohiyati va Tashkent International Financial Centre kabi tashabbuslar xalqaro integratsiyaning muhim omillari sifatida baholanadi. Shu bilan birga, tashqi qarz, valuta riski, global foiz stavkalari, korporativ boshqaruv sifati va ichki kapital bozori likvidligining pastligi kabi cheklovlar ham yoritiladi.
Downloads
References
1. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. Toshkent: Noshir, 2012. 712 b.
2. Toymuhamedov I.R. Moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. 284 b.
3. Haydarov N.H. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007. 256 b.
4. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2017. 732 b.




















