ALTSGEYMER KASALLIGI. KELIB CHIQISH SABALARI
Keywords:
Altsgeymer kasalligi, dementiya, xotira yo'qolishi, miya kasalligi, aql zaifligi, neyrodegenerativ kasallik, qarilik kasalliklari, global sog'liq muammosi, kognitiv buzilishlar, unutuvchanlik, nutq buzilishi, afaziy mantiqiy fikrlash buzilishi, kundalik vazifalarni bajarishda qiyinchilik, xulq-atvor o'zgarishlari.Abstract
Ushbu ilmiy maqolam orqali altsgeymer kasalligi va uning kelib chiqish sabablari haqida yoritib bermoqchiman. Altsgeymer kasalligi neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, birinchi marta Alois Altsgeymer tomonidan tasvirlangan. Kasallik zo‘rayib boradigan demensiya bilan ta’riflanadi va odatda keksa odamlarda boshlanadi, lekin kamdan kam hollarda yoshlik davrida ham boshlanishi mumkin. Altsgeymer kasalligining sabablari miyadagi almashinuv jarayonlarining buzilishi bilan bog‘liq. Asosiy belgilarga xotiraning yomonlashuvi, nutqdagi qiyinchiliklar va xulq-atvordagi o‘zgarishlar kiradi. Altsgeymer kasalligi bosqichlari:
Predemensiya: Yengil kognitiv buzilishlar, masalan, axborotni to‘plash va eslab qolish muammolari.
Erta demensiya: Xotira va nutqning zo‘rayib boruvchi buzilishlari, kundalik vazifalarni bajarishda qiyinchiliklar.
O‘rtacha demensiya: Xotira bilan bog‘liq jiddiy muammolar, mustaqil faoliyat qobiliyatini yo‘qotish, xulq-atvor buzilishi va hissiy beqarorlik.
Og‘ir demensiya: O‘zgalarning yordamiga to‘liq qaramlik, nutq tovushlar bilan cheklangan, jismoniy va hissiy apatiya.
Downloads
References
1.med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI
2. Alzheimer's Association (www.alz.org): Altsgeymer kasalligi haqida keng maʼlumotlar, tadqiqotlar va qoʻllab-quvvatlash xizmatlari.
3. National Institute on Aging (www.nia.nih.gov): AQSh Milliy Qarish Instituti sayti, Altsgeymer kasalligi boʻyicha tadqiqotlar va maʼlumotlar.
4. World Health Organization (www.who.int): Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti sayti, global sogʻliq masalalari, shu jumladan Altsgeymer kasalligi haqida maʼlumotlar.
5. Alzheimer's Disease International (www.alzint.org): Altsgeymer kasalligi boʻyicha xalqaro tashkilot.
6. PubMed (National Library of Medicine): Tibbiyotga oid ilmiy maqolalar va tadqiqotlar uchun eng katta baza.




















