TA’LIM TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI
Keywords:
davlat-xususiy sheriklik, ta’lim moliyalashtirish, xususiy investitsiya, konsessiya, ta’lim infratuzilmasi, byudjetdan tashqari mablag‘lar, ta’lim sifati, institutsional islohot.Abstract
Ushbu tezisda ta’lim sohasini moliyalashtirishning muqobil manbalaridan biri sifatida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmi ko‘rib chiqiladi. Davlat byudjeti resurslarining cheklanganligi, aholi sonining o‘sishi va ta’lim infratuzilmasiga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib borishi sharoitida ta’lim muassasalarini qurish, jihozlash va zamonaviy o‘quv dasturlari bilan ta'minlash uchun xususiy kapitalni jalb qilish zarurati asoslab beriladi. Maqolada DXShning asosiy shakllari, xorijiy davlatlar tajribasi, O‘zbekiston amaliyotidagi mavjud holat, shuningdek uni qo‘llashda uchraydigan huquqiy, moliyaviy va institutsional muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi Qonuni, 2019-yil 10-may, ЎРҚ-537-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori.
3. Nuritdinov N. Davlat-xususiy sektor sherikchiligi muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun nimalar qilinishi kerak? Ekspertdan 9 taklif // Spot.uz, 2019.
4. Judijanto L. va boshqalar. Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan tarmoqlarni rivojlantirish istiqbollari // TSUE ilmiy jurnali, 2025.
5. Jahon banki. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda davlat va xususiy moliyalashtirish taksonomiyasi bo‘yicha hisobot, 2024.
6. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik dasturi materiallari.
7. World Bank. Public-Private Partnerships in Education: Approaches, Evidence and Reflections. Washington, D.C., 2021.
8. UNESCO. Non-State Actors in Education: Who Chooses? Who Loses? Global Education Monitoring Report. Paris, 2021.



















