BUXORO XONI ABULFAYZXON DAVRI, INQIROZI VA FOJIASI.
Keywords:
Abulfayzxon, qoʻgʻirchoq hukmdor, choʻl koʻchmanchilari, rutba, „Qizil gul“ bayrami, ashtarxoniylar inqirozi.Abstract
Ushbu maqolada XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy boshboshdoqliklar, yirik oʻzbek urugʻlarining oʻzaro nizolari hamda ashtarxoniylar davlat boshqaruvidagi inqirozli holatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Unda ashtarxoniylarning soʻnggi hukmdorlaridan biri boʻlgan Abulfayzxon davridagi ichki parokandalik, mamlakatning harbiy-iqtisodiy zaiflashishi va Eron shohi Nodirshoh istilosiga zamin yaratgan omillar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, xon shaxsiyatining siyosiy ojizligi va uning fojiali taqdiri Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi inqirozi hamda mangʻitlar hokimiyatining shakllanish jarayoni bilan bogʻliq holda yoritiladi.
Downloads
References
1. Abdurauf Fitrat. Abulfayzxon. – Toshkent: Sharq, 2010.
2. Abu Abdurahmon Abdulloh. Tarixi Buxoro va tarjumat ul-ulamo. – Toshkent: Fan, 2015.
3. Azamat Ziyo. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
4. H. Sodiqov. Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasining inqirozi. – Toshkent, 2018.
5. Ravshanbek Shamsuddinov, Shodi Karimov, Sohibjon Hoshimov. “Vatan tarixi” ikkinchi kitob (XVI – XX asr boshlari). – Toshkent, 2016-yil.
6. D. Rahmonqulova. “XVI—XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo va Usmoniylar davlatlari oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlar tarixi”. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2002-yil.



















