DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARINING TASHKIL ETILISHI VA SURXONDARYO VILOYATIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMIDAGI TARIXIY BURILISH
Keywords:
Davlat xizmatlari markazi, yagona darcha, PF-5278, PQ-3430, Surxondaryo viloyati, davlat xizmatlari, aholiga yaqinlik, ma’muriy islohot.Abstract
Tezisda 2017-2025-yillarda Davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilishi Surxondaryo viloyatida aholiga huquqiy va ma’muriy xizmat ko‘rsatish tizimidagi tarixiy burilish sifatida tahlil qilinadi. Davlat xizmatlari markazlari avvalgi idoraviy, tarqoq va ko‘p bosqichli xizmat modelidan fuqaro uchun qulay, yagona nuqtadan xizmat ko‘rsatish modeliga o‘tish jarayoni sifatida talqin etiladi. Surxondaryo viloyatining demografik o‘sishi, qishloq aholisi ulushi va tumanlar geografiyasi mazkur islohotning hududiy ahamiyatini kuchaytirgan.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
5. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi. “Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?”, 2025-yil 29-yanvar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali materiallari



















