Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari

Authors

  • Fayzullayeva Zulfiya Ikmetovna Qoraqalpogiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi metodisti

Keywords:

metod, falsafiy metod, xususiy metod, metodologiya, metodika

Abstract

Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‘ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g‘oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo‘llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‘lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‘taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‘llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‘lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‘ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‘lib, u faktlarni to‘plash, o‘rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.

References

H.Ne’matov. Ilmiy tadqiqiot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. – Buxoro, 2006, 119-bet.

S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik, Toshkent, 1972, 176-bet.

Qarang: H.Ne’matov. O‘sha asar, 68-bet.

H.Ne’matov. O‘sha asar, 68-69-bet.

S.Usmonov. O‘sha asar, o‘sha bet.

A.Shermatov., B.Choriyev. «Umumiy tilshunoslik» kursidan mustaqil ishlar. T., 1989, 70-bet. 7. H.Ne’matov. O‘sha asar, 119-bet.

Downloads

Published

2024-03-14

How to Cite

Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari. (2024). CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD, 1(2), 36-38. https://universalconference.us/universalconference/index.php/crismw/article/view/662