Metodikaning zamonaviy ko'rinishlari
- 1. Qoraqalpogiston Respublikasi Qo'ng'irot tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi metodisti
Description
Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‘ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g‘oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo‘llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‘lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‘taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‘llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‘lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‘ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‘lib, u faktlarni to‘plash, o‘rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.
Files
36-38.pdf
Files
(549.1 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:3acebfbf47b7db72f9b2d4617fc40ee7
|
549.1 kB | Preview Download |